Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Strategik xatolar...
12:44 / 2023-06-12

Rossiya-Ukraina

Yaponiya Ukrainaga turli sohalarda, xususan hududlarni minadan tozalash va infratuzilmani tiklashda yordam berishni davom ettiradi. Bu haqda Bosh vazir Fumio Kisida bayonot berdi.

– Tokio Kiyevga qator sohalarda ko‘maklashyapti, – dedi hukumat boshlig‘i. – Masalan, mudofaa anjomlari yetkazib beryapti. Hududlarni minadan ozod etish, vayronadan tozalash ishlarida qatnashyapti. Qishloq xo‘jaligi va energetikani qo‘shib hisoblaganda, hayotiy zarur manbalarni tiklash bo‘yicha tajribamiz bilan o‘rtoqlashishga sodiqligimizni ta’kidlamoqchiman. 
 Yaponiya hukumati shu kungacha Ukrainaga, gumanitar, oziq-ovqat, moliya va boshqa turli yordamlarni hisoblaganda, jami 7,6 milliardlik ko‘mak ko‘rsatgan.

AQSH va boshqa G‘arb mamlakatlari Ukraina Qurolli kuchlari harakatida qandaydir samarali alomat yo‘qligidan xavotir olmoqda, Kiyev G‘arbning ishonchini oqlay olmadi, deb yozdi “Global Times” xitoylik ekspertlarga tayanib.
AQSH hukumati Prezident Vladimir Zelenskiyni qurbon qilishi, Ukraina hukumatini “Shimol oqim” gaz quvuri va Kaxovka GES qo‘poruvida ayblashi mumkin. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq tahlilchisi, inson huquqi himoyachisi aytib o‘tdi.

Dunyoning aksariyat aholisi, Ukrainaga nisbatan, ko‘proq Rossiyaga xayrixoh. Bu fikrni Pulitserovskiy mukofoti sovrindori, publitsist Seymur Xersh bildirdi.
– Ukraina atrofidagi ziddiyat munosabati bilan Amerika tarafdorligidan chiqib, Rossiyaga yon beradiganlar ko‘paydi, – dedi u jurnalist Jorj Gelloueya bilan suhbatda.

Xershning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi na Kiyevga, na Vashingtonga va na NATOga ijobiy natija keltiradi.

– Ukrainalik harbiylar NATO tarkibidagi turli mamlakatlarda hamkorlikdagi manyovr sinovidan o‘tmagani uchun ushbu mamlakat Qurolli kuchlarining muvaffaqiyatga erishishi ancha mushkul, – dedi u. – 15 guruh raqqosalaridan ikki-uch kunda uyg‘un shakldagi go‘zal raqs kutish mumkin bo‘lmagani singari...

– MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi shu hafta Kiyevga safar uyushtiradi, – deb yozdi Agentlik matbuot xizmati. – Safar muddati aniq emas, ammo Zaporoje AES faoliyati bilan tanishish uchun albatta boriladi.

Italiyaning sobiq Bosh vaziri, muxolifatchi “Besh yulduz harakati” yetakchisi Juzeppe Konte fikricha, G‘arbning AQSH belgilagan Ukraina mojarosiga oid strategiyasi jiddiy tavakkalga asoslangan.

“Adnkronos” agentligiga intervyusida u yana shunday degan:

– Vatikan va xalqaro hamjamiyatning boshqa vakillari ishtirokidagi muzokara jarayonida muvaffaqiyatga erishilishi tarafdorimiz. Aks holda yuz minglab oila, butun boshli shaharlar vayron bo‘lishi ehtimoli bor.

Ukraina Prezidentining turmush o‘rtog‘i Yelena Zelenskaya 17-18 iyun kunlari ilk bor Isroilga borishi kutilyapti. Bu haqda “The Times of Israel” gazetasi diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu taklif Prezident Isxak Gersogning turmush o‘rtog‘i Mixaldan chiqqan.

Ukrainalik qochoqlarga jamiyatimizda o‘rnashib olish uchun rus tilidan foydalanishlari xalaqit bermoqda, dedi “The Guardian” gazetasi muxbiriga Polshadagi ukrainaliklar ittifoqi raisi Miroslav Skorku.

“Ko‘plab polshaliklar nima uchun ukrainaliklar o‘z tilini o‘rganmaganidan taajjubda”, degan Skorku.

Abror XON,

O‘zA