Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Strategik hududiy rivojlantirish metodining ahamiyati qanday?
09:47 / 2022-12-29

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida va Yevropa Ittifoqining moliyaviy qo‘magida mualliflar guruhi tomonidan tayyorlangan “Aholi ishtirokida tumanni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish” o‘quv-amaliy qo‘llanmasi taqdimoti o‘tkazildi.

Unda institut direktori F.Otaxonov hududlarni strategik rivojlantirish hozirgi kunlarda jahon shaharlarini modernizatsiyalashning eng samarali uslubi, trendi ekanligini, mazkur metod respublika hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda bosqichma-bosqich va kompleks ravishda qo‘llanilayotganligini e’tirof etdi.  

Tadbir davomida Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi Sh.Nazarov hududlarni strategik rivojlantirishning asosiy masalalari, qo‘llanmaning asosiy mazmuni va strategik rejalashtirishning asosiy yondashuvlariga alohida to‘xtaldi.  

Shuningdek, tadbirda Prezidentimizning Murojaatnomasida hududlarni strategik rivojlantirish va ushbu jarayonga aholini keng jalb etish mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, davlat boshqaruvini demokratlashtirishning asosiy ustuvorligi sifatida e’tirof etilgani alohida tilga olindi.  

 

M.Komilova,  

O‘zA