Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Strategik ahamiyatga ega investitsiya loyihalari ijrosi qanday ta’minlanmoqda?
19:13 / 2026-02-25

Bosh prokuror o‘rinbosari Dilmurod Qosimov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan strategik ahamiyatga ega investitsiya loyihalarining ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Unda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan umumiy qiymati 167,7 milliard dollarlik 377 strategik ahamiyatga ega loyihaning joriy holati ko‘rib chiqildi.  

Ularda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar birma-bir muhokama qilindi. Kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Loyihalar doirasida joriy yil yakuniga qadar jami 24 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish, bu borada loyiha tashabbuskorlari va soha mas’ullariga yuklatilgan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatgan holda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining so‘zsiz ta’minlanishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Muddatlari aniq belgilangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

N.Abduraimova, O‘zA