Bolgariyaning Sofiya shahrida davom etayotgan “Strandja” turnirining bugungi dasturidan yarim final janglari o‘rin olgan.
Quvonarlisi, unda 13 nafar o‘zbek charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tariladi.
Jumladan, xotin-qizlar yo‘nalishida vazni -48 kg.gacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi yarim final jangida Sabina Bobokulova va Farzona Fozilova final yo‘llanmasi uchun raqobatlashadi.

Quyida qolgan bokschilarimizning yarim finaldagi raqiblari bilan tanishasiz:
Ayollar o‘rtasida:
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva – Yaren Duztash (Turkiya)
-51 kg: Feruza Kazakova – Keytlin Frayers (Irlandiya)
-57 kg: Nigina Uktamova – Niam Fey (Irlandiya)
-65 kg: Navbahor Hamidova – Sasha Hikki (Angliya)
-75 kg: Aziza Zokirova – Naomi Grem (AQSH)
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Dina Islambekova (Qozog‘iston)
Erkaklar o‘rtasida:
-50 kg: Asilbek Jalilov – Daniyal Sabit (Qozog‘iston)
-70 kg: Shavkatjon Boltayev – Farux Toxtasunov (Qozog‘iston)
-80 kg: Javohir Ummataliyev – Djamal Kuliyev (Ukraina)
-90 kg: Turabek Habibullayev – Jozef Avinongya (AQSH)
-90 kg: Samir Sobirov – Bogdan Tolmachov (Ukraina)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA