Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Strandja" xalqaro turnirida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari munosib ishtirok etmoqda.
Jumladan, musobaqaning navbatdagi kunida vazni -51 kg. bo‘lgan Feruza Kazakova 5:0 hisobida Jazira Urakbayevani (Qozog‘iston) mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, -57 kg. vaznda Xumorabonu Mamajonova braziliyalik Serkyura Romeuni 3:2 hisobida yengdi. Ushbu vazndagi ikkinchi bokschimiz Nigina O‘ktamova angliyalik Epse Glinni 4:1 hisobida dog‘da qoldirdi.
Shuningdek, musobaqada -60 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda o‘zbek derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda tajribali charm qo‘lqop ustamiz Sitora Turdibekova yosh bokschi qizimiz Mushtariybonu Ibrohimjonovani taslim etdi.

Darvoqe, o‘z vazn toiflarida Navbahor Hamidova, Javohir Ummataliyev va Ozodbek Aliyev navbatdagi g‘alabalarini nishonlagan bo‘lsa, Arman Maxanov yengildi.
Bugun, 27-fevral kuni quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tariladi.
Ayollar:
-48 kg: Sabina Bobokulova — Anel Kudaybergen (Qozog‘iston)
-48 kg: Farzona Fozilova — Nurselen Yalgettekin (Turkiya)
-51 kg: Feruza Kazakova — Maksi Klotser (Germaniya)
-57 kg: Xumorabonu Mamanjonova — Fey Niam (Irlandiya)
-57 kg: Nigina Uktamova — Karina Vovk (Ukraina)
-60 kg: Sitora Turdibekova — Namuun Monxor (Mo‘g‘uliston)
-65 kg: Navbaxor Hamidova — Berfin Kabak (Turkiya)
-75 kg: Aziza Zokirova — Melissa Jemini (Italiya)
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova — Valeriya Axenova (Qozog‘iston)
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Mariya Lochinska (Ukraina).
Erkaklar:
-65 kg: Abdulloh Madaminov — Din Klensi (Irlandiya)
-70 kg: Shavkatjon Boltayev — Tauan Josiel Lima da Silva (Braziliya).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA