Sofiya shahrida o‘tayotgan “Strandja” turnirining bugungi bahslari qizg‘in va murosasiz o‘tmoqda.
Quvonarlisi turnirning chorak final janglarida o‘zbek charm qo‘lqop ustalari muvaffaqiyatga erishmoqda.
Jumladan, -50 kg. vaznda Asilbek Jalilov gruziyalik Goga Topuriyaga qarshi bahs olib bordi va 5:0 hisobida zafar quchdi. -70 kg. vazn toifasida Shavkatjon Boltayev chorak finalda angliyalik Patrik Xevittga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda musobaqaning kechgi dasturidan o‘rin olgan janglar o‘tkazilmoqda.
Juftliklar:
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Orlando Holley-Sotomi (Uels)
-80 kg: Javohir Ummataliyev – Vanderley Pereira (Braziliya)
-85 kg: Norbek Abdullayev – Kristiyan Dimitrov (Bolgariya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov – Sultanbek Aibaruli (Qozog‘iston)
-90 kg: To‘rabek Habibullayev – Santos Ribeiro (Braziliya)
-90 kg: Samir Sobirov – Nurmagamed Yusupov (Qozog‘iston).
+90 kg: Ozodbek Aliyev – Nurlan Saparbay (Qozog‘iston)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA