Bolgariyaning Sofiya shahrida davom etayotgan "Strandja" turnirida barcha vazn toifalarida yarim finaldan muvaffaqiyatli o‘tib, final bosqichiga yo‘l olgan charm qo‘lqop ustalari nomi aniqlandi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi safidan erkaklar o‘rtasida 5 ta va ayollar orasida 6 ta, jami 11 ta vazn toifasida finalga yo‘l olindi. Ushbu natija termamiz uchun umumjamoa hisobida finalga yo‘l olgan jamoalar o‘rtasida birinchi o‘rindan joy olishga zamin yaratdi. Finalda jang qiladigan bokschilar orasida ikkinchi o‘rin Qozog‘iston hamda Ukraina terma jamoalariga nasib etdi. Uchinchi o‘rindan esa Braziliya terma jamoasi 4 ta finalchi bilan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, “Strandja” turniri finaliga hamyurtlarimizdan Javohir Ummataliyev, To‘rabek Habibullayev, Ozodbek Aliyev, Fazliddin Erkinboyev, Akmaljon Isroilov, Sabina Boboqulova, Feruza Kazakova, Nigina O‘ktamova, Navbahor Hamidova, Aziza Zokirova hamda Oltinoy Sotimboyeva kabi charm qo‘lqop ustalarimiz chiqqan.

Shuningdek, Samir Sobirov, Shavkatjon Boltayev, Norbek Abdullayev, Asilbek Jalilov, Farzona Fozilova, Ruxshona Parpiyeva terma jamoamiz hisobiga bronza medalni keltirdi. Bugun, 1-mart kuni bo‘lib o‘tadigan final janglarini o‘zbek bokschilari quyidagi raqiblariga qarshi o‘tkazadi:

Ayollar:
-48 kg: Sabina Boboqulova — Hanna Oxota (Ukraina) -65 kg:
Navbahor Hamidova — Laura Yesenkeldi (Qozog‘iston) -57 kg:
Nigina O‘ktamova — Mixaela Uolsh (Irlandiya) -75 kg: Aziza Zokirova — Emma Syu Grintri (Avstraliya) -80+ kg:
Oltinoy Sotimboyeva — Valeriya Aksenova (Qozog‘iston) -51 kg:
Feruza Kazakova — Zlatislava Chukanova (Bolgariya) Erkaklar:
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Rami Kivan (Bolgariya) -80 kg:
Javohir Ummataliyev — Pavlo Illyusha (Ukraina) -85 kg:
Akmaljon Isroilov — Matviy Rajba (Ukraina) -90 kg:
Turabek Habibullayev — Bogdan Tolmachov (Ukraina) +90 kg:
Ozodbek Aliyev — Damar Tomas (Angliya)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA