Bolgariyaning Sofiya shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Strandja" xalqaro turnirining ilk kungi bahslari ham o‘z yakuniga yetdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili ringga ko‘tarildi. Quvonarlisi, ular orasida Asilbek Jalilov, Samandar Olimov, Samir Sobirov, Fazliddin Erkinboyev va Javohir Ummataliyev o‘z vazn toifalarida zafar quchdi. Afsuski, Abdulaziz Jo‘raqulov hamda Abdurahmon Mahmudjonov kabi yosh bokschilarimizga biroz omad yetishmadi.
Bugun, 24-fevral kuni terma jamoamizning quyidagi 8 nafar vakili ringga ko‘tariladi.
-51 kg: Gulsevar G‘aniyeva (O‘zbekiston) – Maksi Klotser (Germaniya);
-51 kg: Feruza Kazakova (O‘zbekiston) – Jennifer Lozano (AQSH);
-70 kg: Oysha Toirova (O‘zbekiston) – Lekeisha Pergoliti (Avstraliya);
-54 kg: Uzukjamol Yunusova (O‘zbekiston) – Aysen Taskin (Turkiya);
-55 kg: Abdulaziz Abdunazarov (O‘zbekiston) – Baglan Kenjibek (Qozog‘iston);
-55 kg: Samandar Olimov (O‘zbekiston) – Ali El Sari (Germaniya);
-65 kg: Abdulloh Madaminov (O‘zbekiston) – Abdigalыm Abdikarim (Qozog‘iston);
-90 kg: To‘rabek Habibullayev (O‘zbekiston) – Teagn Stott (Angliya).
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA