Stoltenberg: Ukrainani qo‘llab-quvvatlash NATOni mojaro ishtirokchisiga aylantirmaydi
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg AQSHda o‘tayotgan siyosiy anjumanda Ukraina harbiy qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. “Anadolu” axborot agentligi uning quyidagi so‘zlarini iqtibos sifatida keltirgan:
– Bu NATOni mojaro ishtirokchisiga aylantirmaydi, aksincha Ukrainaga o‘zini himoya qilish huquqini berishga ko‘maklashadi.
Stoltenberg NATO sammiti doirasidagi matbuot anjumanida ittifoqchilar transatlantik mudofaani kuchaytirishga qaror qilgani, sanoat ishlab chiqarishi ko‘paytirilishi hamda havo va raketaga qarshi mudofaa tizimi ishlab chiqilishini aytgan.
Mulozim ta’kidlashicha, Ukraina – NATO kengashi Prezident Vladimir Zelenskiy ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Bosh kotib Ukrainaga navbatdagi yordam tasdiqlanganini ma’lum qilarkan, bu urushni cho‘zish emas, aksincha tezroq tugatish uchun qilinayotganini qayd etdi.
– Asosiy islohot amalga oshsa, Ukrainaning NATOga a’zoligi “qaytmas” darajada shakllanadi, – degan u.