Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stoltenberg: Ukrainadagi ziddiyat yillarga cho‘zilishi mumkin
09:09 / 2022-06-19

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg fikricha, Ukrainadagi ziddiyat ko‘p yillarga cho‘zilishi mumkin.

 Uning mazkur bayonoti "Bild am Sonntag" gazetasining yakshanba soniga bergan intervyusidan o‘rin oldi.

Nashrga ko‘ra, Stoltenberg hozirgi vaziyatning davomiyligi haqida berilgan savolga javob qaytara turib: “Hech kim bilmaydi. Ko‘p yil davom etishi mumkin, har qanday holatga tayyor turish kerak.

Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmaslik zarur”, degan Shimoliy alyans rahbari.   

 Avvalroq Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ham “The Sunday Times” gazetasi muxbiri bilan suhbatda Ukraina voqeasi ancha vaqt davom etishi mumkinligini istisno qilmay, “shunga qaramasdan, G‘arb Ukrainani qo‘llashda davom etishi kerak”, degandi.