Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stoltenberg: Ukrainadagi vaziyat Rossiya va NATO o‘rtasiga sovuqchilik tushirishi mumkin
20:48 / 2022-12-10

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg fikricha, Ukraina mojarosi Rossiya va Shimoliy Atlantika alyansi o‘rtasida nizo keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda u Norvegiyaning “NRK” telekanaliga chiqishida aytgan.

«Ukraina atrofidagi vaziyat nazoratdan chiqib, NATO va Rossiya o‘rtasida katta ziddiyatga aylanib ketishidan qo‘rqaman. Albatta, biz bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun harakat qilamiz», dedi Bosh kotib.

Yetakchining bu vaziyatdagi mas’uliyati haqidagi savolga Stoltenberg shunday javob berdi: «Men hammasi juda jiddiy ekanini his qilaman. Bu Yevropa va Norvegiya uchun jiddiy davr. Agar biror noto‘g‘ri qadam qo‘yilsa, hammasi dahshatli tus olishi mumkin».

Kiyevga yordam ko‘rsatish haqida gapirar ekan, u «faqat kuchli Ukraina tinchlikni ta’minlashi mumkin. Alyans harbiy yordam berishni davom ettiradi», deya ta’kidladi.

O‘zA