Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stoltenberg: Ukraina NATOga kirishi tinchlikning eng yaxshi kafolati
09:04 / 2024-09-22

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ta’kidlashicha, Ukrainaning NATOga qabul qilinishi mamlakatda barqaror tinchlik o‘rnatish va xavfsizlikni ta’minlash kafolati hisoblanadi.

- Ukraina NATOga a’zo bo‘lmasdan turib barqaror tinchlikka erisha olmaydi, - dedi u nemis matbuotiga bergan intervyusida. -  Bizning eshiklarimiz ochiq, Ukraina ittifoqqa a’zo bo‘ladi. Bu davlatga qurol yetkazib berish xavfsizlik kafolatini ta’minlash uchun zarur. Jarayon qanday shakllantirilishini yetakchi ittifoqchilar, jumladan AQSH muvofiqlashtirishi kerak. NATOning 5-moddasini joriy etish Ukraina uchun eng yaxshi kafolat bo‘ladi.

Shu bilan birga Bosh kotib alyansga qo‘shilish uchun barcha a’zolar bir ovozdan rozi bo‘lishi shartligini ham eslatdi.