English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stoltenberg: Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish shartlarini to‘liq bajardi
15:45 / 2023-06-05

“Shvetsiya zimmasiga olgan majburiyatini bajarish uchun yangi qadam tashladi, bir necha kun avval mamlakatda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yangi qonun kuchga kirdi”, deyiladi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bergan bayonotda.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan kechgan muzokaradan so‘ng uyushtirilgan matbuot anjumanida alyans rahbari Stokgolm va Anqara Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi bo‘yicha qaytadan maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkazishini ma’lum qildi.  

– Madrid sammitida Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiya NATOga yo‘l ochadigan uch tomonlama memorandum imzolagan edi, – dedi Stoltenberg. – Bu uch davlat hamkorligini, ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash sohasidagi aloqani mustahkamlash bo‘yicha doimiy mexanizm yaratishni nazarda tutadi. Bugun men Turkiya Prezidenti bilan mazkur mexanizm doirasidagi uchrashuv 12 iyunda o‘tkazilishi bo‘yicha kelishib oldim.