French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stoltenberg: NATO eshiklari ochiq
17:42 / 2022-07-25

Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga taklif etilishi Shimoliy Atlantika alyansining eshiklari ochiqligini ko‘rsatadi. Bu haqda tashkilot Bosh kotibi Yens Stoltenberg Serbiyaning “Kurir” gazetasi muxbiri bilan suhbatida ma’lum qildi.

“NATOning bir necha o‘n yil davomida kengayishi butun Yevropada tinchlik, barqarorlik, farovonlik va demokratiya o‘rnatishga yordam bergan tarixiy muvaffaqiyatidir”, dedi Bosh kotib.

“Finlandiya va Shvetsiya Ittifoqimizga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Qo‘shinlarimiz ko‘p yillardan beri funksional jihatdan bir-birini almashtirib turadi. Bu mamlakatlar kuchlari NATOning Afg‘onistondagi sobiq missiyasi, shuningdek, Iroqda KFOR (NATO boshchiligidagi xalqaro kuchlar) doirasida birgalikda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, mashg‘ulotlarda qatnashgan”, dedi Stoltenberg.