English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stoltenberg: Hind-Tinch okeani mintaqasi bilan hamkorlik kengaymoqda
18:14 / 2023-07-15

Shimoliy Atlantika alyansi Xitoy 2035 yilga borib, NATO hududiga yetib bora oladigan 1 500 jangovar kallakka ega bo‘lishini taxmin qilmoqda. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.

– Xavfsizlik konsepsiyasi mintaqaviy emas, global xususiyatga ega, – dedi u.  – Biz XXR 2035 yilga borib, AQSH va Yevropa, NATO hududiga yetib bora oladigan yadroviy raketalarning 1 500 kallagiga ega bo‘lishini faraz qilyapmiz. Xitoy bizga qanday yaqinlashayotganini ko‘rib turibmiz.

NATO mulozimi Alyans Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlar bilan mudofaa tizimidagi aloqani “asta-sekin kengaytirayotgani”ni ta’kidladi.

– Bizning xavfsizlik tizimimiz bir-biriga bog‘langan, – qo‘shimcha qildi Stoltenberg. – Masalan, Shimoliy Koreya yaqinda yana raketa uchirdi. To‘g‘ri, sinov birinchi navbatda mintaqaga tashvish keltiradi, qolaversa, global barqarorlikni ham buzadi.

Vilnyus sammitida Bosh kotib NATO davlatlari “Xitoyning tahdidli hatti-harakati”dan himoyalanishga kelishib olganligini aytgan. Shu bilan birga, XXR raqib emasligi va Pekin bilan hamkorlik davom etishi kerakligini qayd etgan.

O‘zA