Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stoltenberg: 2035 yilga kelib Xitoyda 1,5 mingta yadroviy jangovar kallak bo‘ladi
11:35 / 2023-04-19

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning ta’kidlashicha, Xitoy 2035 yilga kelib 1,5 mingta yadroviy jangovar kallakka ega bo‘ladi, alyans esa kelgusida “yanada xavfli va raqobatli” jahon tartibiga tayyorlanishi kerak.

“Rossiya bizning xavfsizligimizga bevosita tahdid hisoblanadi. Biroq, bizni global xavfsizlikning keng manzarasi ham xavotirga solmoqda. Xitoy o‘zining yadroviy zaxirasini juda tez oshirmoqda. Uzoq istiqbolda bizga yanada xavfli va raqobatli dunyoga moslashish talab etiladi” – dedi NATO bosh kotibi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Xitoy 2035 yilga kelib 1,5 mingta jangovar kallakka ega bo‘ladi, dedi Stoltenberg NATOning qurollarni nazorat qilish, qurolsizlanish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan 18- konferensiyasida so‘zga chiqib.

Tadbir Shimoliy Atlantika alyansi va AQSH davlat departamenti shafe’ligida 20 aprelgacha davom etadi.

O‘tgan seshanba kuni G7 tashqi ishlar vazirlari ham Xitoyni strategik tahdidlarni kamaytirish bo‘yicha AQSH bilan muloqotlarni darhol boshlashga chaqirgan edi. G7 mamlakatlarining xavotir bildirishicha, “Xitoy yadro quroli zaxiralarini kengaytirishni tezlashtirib, uni yetkazish tizimini yanada takomillashtirmoqda”.