Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennisida Xitoy tajribasi qo‘llaniladi
12:04 / 2025-07-17

Mamlakatimizda stol tennisi eng ommaviy sport turlaridan biri sanaladi. Sog‘lomlashtirish maskanlariga borsangiz, albatta stol tennisi jihozlariga ko‘zingiz tushadi.

Yurtimizda yoshu keksalar, jajji bolajonlarning sevimli sport turi bo‘lgan stol tennisi bo‘yicha professional sportchilarni tayyorlash ishlari bugungi kunda u qadar maqtagulik emas.

Xo‘sh, buning tub sababi nimada? Qaysi omillar xalqaro maydonlarda o‘tayotgan qit’a va jahon chempionatlari, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida vatanimiz sharafini munosib himoya qiladigan stol tennisi ustalarini yetishtirishga to‘sqinlik qilmoqda?

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan sport maktablarining deyarli barchasida stol tennisi to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, zarur sport jihozlari bilan ta’minlangan. Sport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 3 ming 218 ta stol tennisi to‘garaklari ish olib bormoqda. Ularda 72 ming 500 nafardan ziyod o‘quvchi-sportchilar 3 ming 600 nafardan ortiq trenerlar qo‘l ostida mazkur sport turining sir-asrorlarini o‘rganib kelmoqda.

Ammo, stol tennisida nufuzli musobaqalarda erishayotgan natijalarimiz davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tiborga, yaratilayotgan shart-sharoitlarga mos emasligi taassufli hol.

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi mazkur ishlarda samaradorlikka erishish maqsadida xitoylik tajribali stol tennisi murabbiylarini mamlakatimizda ishlashi tashabbusini ilgari surdi.

Shu maqsadda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sh.Kudbiyev Xitoy terma jamoasining tajribali murabbiylari Vang Jijian va Chjou Tsizxan bilan uchrashuv o‘tkazib, mahoratli murabbiylarni tayyorlash borasida fikrlashdi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik stol tennisi ustalarini yirik musobaqalarga tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari, xitoylik stol tennisi mutaxassislarini O‘zbekiston terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib borishlari bilan bog‘liq istiqbolli masalalar ko‘rib chiqildi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA