Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennisi: U17 O‘zbekiston chempionatida g‘oliblar aniqlandi
10:51 / 2025-12-09

Toshkentda stol tennisi bo‘yicha U17 yosh toifasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Aralash juftlik bahslarida Husan Iskandarov va Muiza Pardaboyeva tandemi chempionat davomida to‘qnash kelgan jami raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yakkalik bahslarda Xurshid Ahmedov va Adelina Hasanova boshqa raqiblarini ortda qoldirib, mamlakat chempioniga aylandi.

Jamoaviy bahslarda o‘g‘il bolalar orasida Toshkent viloyati, qizlar orasida esa Xorazm viloyati jamoasi chempion deb e’tirof etildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA