Stol tennisi: Toshkent viloyati jamoasi O‘zbekiston kubogi sohibi
Poytaxtimizda stol tennisi bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Yilning so‘nggi rasmiy musobaqasi bo‘lgan mamlakat kubogi yakunlariga ko‘ra, ayollar jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi o‘yinlarda Toshkent viloyati jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin poytaxtliklarga, 3-o‘rinlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyati terma jamoalariga nasib etdi.
Erkaklar o‘rtasidagi uchrashuvlarda Toshkent viloyati jamoasi kubok sohibiga aylangan vaziyatda Farg‘ona viloyati, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari keyingi pog‘onalardan joy egalladi.
G‘olib va sovrindor jamoalar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA