Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennisi: Qit’a chempionati kuchlilarni saralamoqda
16:36 / 2024-10-08

Qozog‘istonning Ostona shahrida stol tennisi bo‘yicha 26 ta davlatning 200 nafardan ziyod mahoratli kichik raketka ustalari ishtirokida kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Yigirma yettinchi bor o‘tayotgan chempionatda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari jamoaviy bellashuvlarda kuch sinashdi. Erkaklar terma jamoamiz guruh bosqichida Tailandga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘mon terma jamoasi bilan kechgan o‘yinda hamyurtlarimiz xuddi shu hisobda g‘alabaga erishdi.  

Guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan yigitlarimiz 13-18-o‘rinlar uchun Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.   

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi guruh bosqichida dastlab Qirg‘izistonni 3:0, keyin Maldiv orollarini 3:1 hisobida yengdi. Xitoy Taypeyiga qarshi o‘yinda vakillarimiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi tennischi qizlarimiz 11-14-o‘rinlar uchun Qozog‘iston bilan kuch sinashadi.   

Chempionat 13 oktyabrga qadar davom etadi.   

T.Ro‘ziyev, O‘zA