Stol tennisi: “Pro-Tur-3” sovrindorlari aniqlandi
Professional sport klublari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan “Pro-Tur-3” musobaqasining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Uch kun davom etgan murosasiz bahslarda 12 ta jamoaning 62 nafar kichik raketka ustalari o‘zaro raqobatlashdi.
Yakkalik, jamoaviy va aralash jamoaviy musobaqalarning shiddatli o‘yinlarining guruh bosqichini “Premo Energy” jamoasi muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Yarim final, final bahslarida g‘alabaga erishib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalar yakunida g‘oliblikka erishgan jamoa 50 million, 2-o‘rin sohibi 25 million va 3-o‘rin sohiblari 12 million 500 ming so‘m miqdoridagi mukofot pullari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA