Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennisi: O‘zbekiston kubogi qaysi jamoaga nasib etadi?
22:54 / 2025-12-23

Poytaxtimiz Toshkentda stol tennisi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Yilning eng so‘nggi rasmiy turniri maqomidagi mamlakat kubogining ilk kunida erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida saralash musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Shiddatli kechgan o‘yinlar natijasida ayollar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, Toshkent shahri jamoasi, Farg‘ona va Toshkent viloyati vakillari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi kichik raketka ustalari yarim finalga yo‘l oldi.

Musobaqa tizimiga muvofiq Toshkent-2 va Samarqand viloyati jamoalari 24 dekabr kuni 5–6-o‘rinlar uchun bahs olib boradi. Namangan viloyati jamoasi esa 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar bahslarida chorak final uchrashuvlari natijalariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati jamoasi Samarqand viloyati jamoasini mag‘lub etib, musobaqaning ilk yarim finalchisiga aylandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi Buxoro viloyati tennischilarini mag‘lub etib, ikkinchi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

24 dekabr kuni mazkur ikki jamoa yarim final bosqichida o‘zaro bahs olib boradi.

Stol tennisining jozibasini namoyish etayotgan kubok o‘yinlarini boshqarib borishda 8 nafar hakamlar guruhi ish olib bormoqda.

Musobaqalar 26 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA