Stol tennisi: O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
Toshkent viloyatida stol tennisi bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tgan O‘zbekiston chempionati davomida mamlakat milliy terma jamoasiga nomzodlar saralab olindi.
Shiddatli va qiziqarli kechgan bellashuvlar davomida erkaklar o‘rtasida Shohrux Iskandarov yurtimizning birinchi raqamli kichik raketka ustasiga aylangan bo‘lsa, 2-o‘rinni Qutbidillo Teshaboyev, 3-o‘rinni Temur Nurmanov va Amir Matniyazov egalladi.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, o‘tgan yilgi chempionatda g‘oliblikka erishgan Marhabo Magdiyeva bu gal shohsupaning eng yuqori pog‘onasini band etdi. Keyingi pog‘onalardan Adelina Hasanova, Nasiba Tojiohunova, Asel Erkebayeva joy olishdi.


T.Ro‘ziyev, O‘zA