Stol tennisi: Osiyo chempionatida yakkalik va aralash juftlik bahslari qizg‘in o‘tdi
Poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida stol tennisi bo‘yicha U15 va U19 yosh toifasida XXIX Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada bir qator yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqandi.
Qit’amizning 21 davlatidan kelgan 400 nafardan ortiq yosh stol tennischilar ishtirok etayotgan mazkur musobaqaning qizlar o‘rtasida U15 yosh toifasida o‘tgan bahslarida hindistonlik Divyanshi Bhovmisk barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xitoylik Guanxong Jou o‘g‘il bolalar orasidagi yakkalik bellashuvlari g‘olibiga aylandi.
[gallery-24113]
U19 yoshdagi tennischilar orasida o‘tkazilgan aralash juftlik bellashuvlarida Janubiy Koreya terma jamoasi a’zolari – Gaon Kim va Gaheon Park tandemi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Chempionat bugun o‘z yakuniga yetadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
Alimurod Mamadaminov (surat),
O‘zA