Stol tennisi: bugun “PRO-TUR II” sovrindorlari ma’lum bo‘ladi
Shu kunlarda poytaxtimizda stol tennisi bo‘yicha o‘tayotgan “PRO-TUR II” musobaqasida 214 nafar kichik raketka ustalari ishtirok etmoqda.
Kecha “PRO-TUR II” musobaqasining birinchi kungi bahslarida ayollar o‘rtasida ro‘yxatdan o‘tgan jami 43 nafar sportchi 11 ta guruhda bahs olib bordi.
Har bir guruhda 1–2-o‘rinlarni egallagan 22 nafar sportchi pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida ro‘yxatdan o‘tgan 174 nafar ishtirokchi 45 ta guruhga taqsimlangan guruhlarda bahslar to‘liq yakunlandi.
Bugun, 21 dekabr kuni erkaklar va ayollar guruhida 1–2-o‘rinlarni egallagan sportchilar olimpiya tizimida o‘tadigan bahslarda o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA