Stol tennisi bo‘yicha “Pro Tur” musobaqasi yakunlandi
Yurtimizda sportga bo‘lgan e’tibor tufayli stol tennisi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda, turli xil musobaqalar tashkil etilmoqda.
Stol tennisi bo‘yicha professional sport klublari o‘rtasida o‘tkazilgan “Pro Tur” musobaqasi ham ana shular jumlasidandir. Qizg‘in ruhda o‘tgan musobaqada eng munosib jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi.

1-o‘rinni egallagan “Tops-Spin Club” 200 million so‘m, 2-o‘rindan joy olgan “Tashkent Table Tennis Club” 100 million so‘m, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Shirin Stol Tennis Club” hamda “Dolina Club” 50 million so‘mdan pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Taqdirlash marosimida rasmiylar, faxriy mehmonlar va sportchilar ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni tabrikladi.
Nigora Rahmonova, O‘zA