English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
23:48 / 2025-06-27

Poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida stol tennisi bo‘yicha U15 va U19 yosh toifasidagi XXIX Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Mazkur chempionat ilk bor O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilayotgani bilan alohida e’tiborga loyiq. Unda 21 davlatdan 400 nafardan ortiq yosh sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqalar yakka tartibda, juftlik, aralash juftlik va jamoaviy yo‘nalishlarda tashkil etiladi.

[gallery-24066]

Chempionatning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiyev, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, Osiyo stol tennisi uyushmasi (ATTU) prezidenti Xalil Al-Mohannadiy va boshqalar ishtirok etdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov so‘zga chiqib, mamlakatimizda boshqa sport turlari kabi stol tennisi ham jadal rivojlanayotgani, mamlakatimizda ushbu sport turi bilan turli yosh toifalarida jami 72 mingdan ortiq sportchi muntazam shug‘ullanayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Qit’a birinchiligi 2-iyul kuniga qadar davom etadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

Almurod Mamadaminov (surat),

O‘zA