Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennisi: Andijon va Toshkent viloyati yoshlari O‘zbekiston kubogi sohibi
09:00 / 2025-10-08

Poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent shahar stol tennisi markazida 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat kubogi bahslarida mahoratli yoshlar saralandi.

Besh kun davomida o‘tgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, qizlar o‘rtasida Andijon viloyati jamoasi umumjamoada yetakchilikka erishib, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Sovrinli o‘rinlarni Toshkent shahri, Toshkent va Jizzax viloyati jamoalari qo‘lga kiritdi.

O‘g‘il bolalar bahsida Toshkent viloyati yosh stol tennischilari g‘oliblikka erishdi. Keyingi pog‘onalar Andijon, Samarqand viloyati va Toshkent shahri jamoalariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar belgilangan tartibda kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA