French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennischimiz Gruziyada kumush medalli bo‘ldi
09:51 / 2023-09-20

Gruziyaning Batumi shahrida stol tennisi bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz muvaffaqiyatga erishdi.

Ahamiyatlisi, "Youth Contender" turnirida o‘zbekistonlik stol tennischi Arujan Kamolova 13 yoshgacha (U-13) bo‘lgan sportchilar orasida tajribali raqiblaridan ustun kelgan holda musobaqa finaliga qadar yetib keldi. 

Mazkur turnirning finalida hamyurtimiz hindistonlik raqibi bilan kuch sinashib, xalqaro turnirning kumush medalini qo‘lga kiritdi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA