Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennischilarimiz shohsupaga ko‘tarildi
10:38 / 2025-06-01

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "WTT Youth Contender Tashkent – 2025" xalqaro stol tennisi turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida U–19 va U–15 yosh toifalarida g‘olib va sovrindor sportchilar aniqlandi.

U–19 yosh toifasida qizlar o‘rtasidagi final bahsida o‘zaro raqobat qilgan o‘zbekistonlik sportchilar — Asel Erkeboyeva va Arujan Kamolova bahs olib bordi. Ushbu derbida Arujan Kamolova 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, turnir g‘olibiga aylandi. Asel Erkeboyeva esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Diyorbek Dilshodov munosib ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

15 yoshgacha bo‘lganlar toifasida terma jamoamiz vakili Adelina Hasanova finalgacha yetib bordi va kumush medal sohibasiga aylandi.

Musobaqa davomida bellashuvlarni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda Stol tennisi federatsiyasi rahbariyati kuzatib bordi. Yakunda ular g‘olib va sovrindorlarni tantanali tarzda taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA