Stol tennischilarimiz Qozog‘istonda shohsupaga ko‘tarildi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida stol tennisi bo‘yicha II “Chimkent kubogi” ochiq respublika turniri o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz yosh stol tennischilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Mazkur musobaqada mezbonlardan tashqari O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan stol tennischilar turli yosh toifalarida raqobatlashdi. Jumladan, 2008-2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida hamyurtimiz Arslonbek Abdug‘aniyev uchinchi o‘rinni egalladi. Qizlar o‘rtasida 11 va undan kichik yosh toifasida Mahliyo Masharipova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, 2008-2012 yillarda tug‘ilgan qizlar orasida Adelina Hasanova kumush medaliga ega chiqdi.
Darvoqe, Xitoyda yosh stol tennischilarimiz navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi. Chjendin milliy stol tennisi o‘quv bazasida o‘tgan mazkur yig‘inda sportchilarimiz 3 hafta mobaynida o‘z mahoratini oshirdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA