Stol tennischilarimiz Livanda medalli bo‘ldi
Livanning Jezzin shahrida bo‘lib o‘tayotgan "WTT Youth Contender Jezzine 2023" musobaqasining ilk kunida mamlakatimiz kichik raketka ustalari sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Mukofot jamg‘armasi 800 AQSH dollaridan iborat bo‘lgan xalqaro turnirda o‘z yosh toifalari bo‘yicha Alixon Kamalov kumush, Rahmatillo Abdurashidov va Shoxruh Iskandarov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, 25-oktyabrga qadar davom etadigan mazkur xalqaro turnirda 9 nafar yosh tennischilar kurash olib bormoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA