Qozog‘istonning Karaganda shahrida joriy yilning 15-19 sentyabr kunlari stol tennisi bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 30 ming dollar bo‘lgan “Kazakhstan International Open» xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
Qozog‘iston olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Xalqaro stol tennisi federatsiyasi sha’feligida ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada Qozog‘iston, Avstriya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Belarus, Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlarining jahon stol tennisi reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan 70 nafardan ziyod sportchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudovaning bildirishicha, mamlakatimizning mahoratli stol tennisi ustalari mazkur xalqaro turnirga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Lekin aynan kimlar Qozog‘istonga borishi masalasi yaqin kunlarda murabbiylar kengashining qarori asosida aniqlanishini hamda Karaganda sport maydonlarida ishtirok etadigan tarkib ikki-uch kun oralig‘ida e’lon qilinishini bildirdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA