English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennischilarimiz Al-Aynda kumush medalli bo‘ldi
10:34 / 2023-10-07

Xabar berganimizdek, Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida stol tennisi bo‘yicha davom etayotgan “WTT Youth Contender Al Ain-2023” xalqaro turnirida mamlakatimiz vakillari munosib ishtirok etmoqda.

Xalqaro turnirning navbatdagi kunida o‘zbekistonlik sportchilar o‘z hisoblariga kumush medalni qo‘shib qo‘yishdi.

19 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi aralash juftlik yo‘nalishida terma jamoamiz a’zolari saralash bahslarini omadli o‘tkazdi.

Musobaqaning final o‘yinida hindistonlik raqiblariga kichik hisobda imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi

T.Ro‘ziyev, O‘zA