Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennischilar bahsi qizg‘in pallaga kirdi
19:03 / 2025-05-30

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan "WTT Youth Contender Tashkent – 2025" xalqaro tennis turnirida U19 va U15 yosh toifalarida bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun kun davomida turnirning U19 yosh toifasidagi guruh bahslarida Diyorbek Dilshodov, Shahzodbek G‘ulomiddinov, Xurshid Ahmedov, Asel Erkeboyeva, Arujan Kamalova o‘z guruhlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Darvoqe, Xurshid Ahmedov va Asel Erkeboyeva tandemi mazkur yosh toifasidagi aralash juftlik bellashuvlari finalida qozog‘istonlik Abdulla Mamay va Noila Xaniyazova duetiga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.

[gallery-23684]

Shuningdek, 15 yoshgacha bo‘lgan stol tennischilarimiz orasida Sardorbek Bekturdiyev, Alixon Kamolov, Rahmatillo Abdurashidov, Dilmurod Muhammadov, Hasanboy Teshaboyev, Adelina Hasanova, Dilxumor Kamolova, Maftuna Elmurodova va Dilnavoz Amonova guruh bosqichidan g‘olibona o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida: ayni damda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 1 oltin va 4 bronza medali mavjud.

Javohir Toshxo‘jayev, Almurod Mamadaminov (surat), O‘zA