Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stokgolmda dunyodagi eng baland yog‘och bino qurilmoqda
11:31 / 2023-10-17

Dunyodagi eng baland yog‘och bino Shvetsiya poytaxti Stokgolm shimoli-g‘arbida, Chista tumanida quriladi. Bu haqda AzerTAJ xabar bergan. Balandligi 140 metrli 40 qavatli binoda ikki ming ish o‘rni uchun ofis xonalari joylashadi.

Binoda restoran, jamoatchilik uchun ochiq ayvon, birinchi qavatda esa oshxona bo‘ladi.

Inshoot uchun qurilish maydoni tasodif tanlanmagan. Rivojlanmagan Chista bugungi kunda mamlakatda o‘sib borayotgan jinoyatchilik nuqtai nazaridan, yashash uchun xavfli manzil hisoblanadi, jinoyatlarning salmoqli qismi aynan shu hududda sodir bo‘ladi. Ushbu loyihani amalga oshirish orqali Chistani tartibga solish, shunday salbiy holatlarga qarshi kurashish nazarda tutilgan.

Shvetsiyada o‘rmon yog‘ochidan foydalanib, o‘ta zamonaviy bino qurish Norvegiyaning “Stockholm Wood Tower” va “AB Invest A/S” kompaniyalari tomonidan amalga oshirilyapti.

Qurilish ishlari 2026 yil boshlanadi, ob’ekt 2028 yil birinchi foydalanishga topshiriladi.

Stokgolm shahri hokimiyati fikricha, Chista shaharsozlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatga ega. Bu yerda 4000 ga yaqin turar-joy binosi, mehmonxona, savdo va sport inshootlari, idoralar, bolalar bog‘chalari qurilishi rejalashtirilgan.