Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashhur aktyor va mohir aykido ustasi Stiven Sigal Toshkentga keldi
15:27 / 2017-09-08

Poytaxtimizning “Bunyodkor” stadionida joriy yilning 9-sentabr kuni jangovar yakkakurashlar bo‘yicha “Asian fight – 2017” xalqaro turniri o‘tkaziladi. Mashhur aktyor va mohir aykido ustasi Stiven Sigal ushbu nufuzli turnirning faxriy mehmoni sifatida Toshkent shahriga keldi.

Mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari va sport muxlislari kutib oldi.

– O‘zbekiston juda mehmondo‘st diyor ekani haqida ko‘p eshitgandim. Yurtingizga kelishim bilan meni tantanali tarzda kutib olishganini ko‘rib, quvondim, – deydi Stiven Sigal. – Mamlakatingizda so‘nggi yillarda sport jadal rivojlanayotgani va sportchilaringiz erishayotgan yuksak g‘alabalarga havas qilamiz. Meni buyuk allomalar, dunyo tan olgan sportchilar kamol topgan yurtga taklif etishganidan behad shodman.

“Asian fight – 2017” xalqaro turniri doirasida taniqli aktyor, rejissyor, prodyusser va jang san’ati ustasi Stiven Sigal tomonidan yosh sportchilar va kinoaktyorlarga mahorat saboqlari o‘tkaziladi.