Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stiprays: YeI Markaziy Osiyoda siyosiy yoki iqtisodiy ustuvorlikka intilmaydi
10:45 / 2025-12-04

_

- Yevropa mamlakatlari Markaziy Osiyoning yaqin qo‘shnilari emas, - dedi YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduard Stiprays “KazTag” nashriga bergan intervyusida. - Bizni ushbu mintaqa hisobiga kengayishga urinishda ayblash juda qiyin. Menimcha, munosabatimiz faqat o‘zaro manfaatga asoslangan. Yevropa Ittifoqi mintaqada barqaror rivojlanish, shuningdek tinchlik va farovonlikdan manfaatdor. Zero, ayni holat boshqa jihatlar qatori Yevropa xavfsizligi masalasiga ham bevosita daxldor. Shuningdek, YeI mintaqada Rossiya, Xitoy kabi boshqa yirik davlatlar ishtiroki ham mavjudligini biladi va inobatga oladi. Eng muhimi, suv resurslarini boshqarish, energetika, iqlim o‘zgarishi, aloqa singari ko‘plab masalalarda tomonlarning manfaati bir-biriga mos.

S.Rahimov, O‘zA