Nafizaxon Olimjonovna XASANBOYEVA doktorant Andijon davlat chet tillari instituti Andijon, O‘zbekiston Gmail: xasanboyeva79@inbox.ru ORCID: 0009-0005-7012-0088
Annotatsiya
Ushbu maqolada stereotip tushunchasi sotsiologiya, psixologiya, madaniyatshunoslik va lingvistika kesishmasida joylashgan murakkab hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi. “Stereotip” atamasining paydo bo‘lish tarixi va uning turli ilmiy sohalarda rivojlanishi tahlil qilinadi. Stereotiplarning lingvistik tabiati, ularning tilda aks etishi va jamoaviy ongni shakllantirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratiladi. Stereotiplarning kommunikatsiya jarayonidagi funksiyalari, ularning madaniyatlararo muloqotga, shuningdek, jamiyatga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’sirlari tavsiflanadi. Ishlar tarmoqlararo yondashuv asosida olib borilgan bo‘lib, stereotiplarning inson tafakkuri va madaniyatining barqaror elementlari sifatidagi tabiatini chuqurroq anglashga qaratilgan.
Tayanch so‘zlar: stereotip, lingvistika, madaniyat, til, ijtimoiy idrok, madaniyatlararo kommunikatsiya, jamoaviy ong, kognitiv modelllar, diskurs, mental konstruksiyalar.