STEM fanlari bo‘yicha investitsiya bitimi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida “O‘rta ta’limda STEM” loyihasi bo‘yicha investitsiya bitimi imzolandi.
Mazkur bitim 2025-2030 yillar davomida yurtimizdagi 200 ta maktabda STEM fanlari (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) bo‘yicha zamonaviy o‘quv laboratoriyalarini yaratish va ularni jihozlashni nazarda tutadi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masato Kanda hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov ishtirok etdi.

Shuningdek, tomonlar 100 million dollarlik mazkur loyihaning yuqori strategik ahamiyati, uning ta’lim infratuzilmasi va sifatini oshirishdagi muhim o‘rnini alohida e’tirof etdi.
N.Usmonova, O‘zA