English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Statistika tizimi takomillashmoqda
15:59 / 2017-05-01

Milliy matbuot markazida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan zamonaviy usullarni joriy etish, hududlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisobga olish, tahlil qilish tizimini takomillashtirish hisobiga ma’lumotlarning sifati va ochiqligini oshirish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Milliy matbuot markazida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan zamonaviy usullarni joriy etish, hududlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisobga olish, tahlil qilish tizimini takomillashtirish hisobiga ma’lumotlarning sifati va ochiqligini oshirish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda 2017-2020-yillarda davlat statistika organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Tizimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘magida ma’lumotlar tayyorlash, ularning sifati va ochiqligini oshirish, statistik hisobotlarni qisqartirish, sohalar statistik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish jarayonlarida eski uslublardan voz kechish yaqin kelajakdagi asosiy vazifalardan biridir.

Statistika ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlashni optimallashtirishda axborot texnologiyalaridan yanada samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda elektron shakldagi statistika hisobotlarini to‘plash tizimini modernizatsiya qilish va yanada takomillashtirish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

– Asosiy e’tibor turli xil ma’lumot va analitik materiallarni olishda foydalanuvchilar uchun qulay imkoniyatlarni ta’minlash, statistik ma’lumotlarni taqdim etish va izohlash mexanizmini yanada takomillashtirishga qaratilmoqda, – deydi Davlat statistika qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Muhsina Husanova. – Markaziy apparat va hududiy statistika organlarida axborot-tahliliy bo‘linmalarni mustahkamlash orqali tahliliy yo‘nalish kuchaytirilmoqda.

Tadbir ishtirokchilariga qo‘mita saytida (www.stat.uz) foydalanuvchilar uchun keng doiradagi interfaol xizmatlar mavjudligi ma’lum qilindi. Jurnalistlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.