Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Startapchilar qo‘llab-quvvatlanmoqda
14:41 / 2026-03-10

Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda startap ekotizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yosh startapchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot dvomida Prezidentimiz tomonidan 2026-yil 11-fevralda qabul qilingan "Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori muhokamasi va uning doirasida yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks tizimi, yuqori qo‘shimcha qiymat yaratuvchi loyihalarga beriladigan imtiyozlar, tadbirkorlarning muammo va takliflari, davlat idoralari va venchur fondlari rahbarlari bilan yuzma-yuz muzokaralar hamda loyihalarga sarmoya jalb etishning yangi mexanizmlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida yosh tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida startaplar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA