Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Startap loyihasi g‘oliblari taqdirlandi
16:04 / 2021-06-01

Toshkent davlat transport universitetida «Innovatsion ishlanmalar va startap loyihalar» 1-tanlovining qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, tadqiqotchi va talaba-yoshlarning innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash bo‘yicha bilimini oshirish hamda loyihalar ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ushbu tanlov uchun 92 innovatsion ishlanma taqdim etildi.

Ma’lumki, «Startap» inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, uning «jarayonni boshlash», «ishga tushirish» kabi ma’nolari mavjud. Startap ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish mamlakatimizning ushbu sohadagi dinamik rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.

To‘rt yo‘nalishda tashkil etilgan tanlovda transport sohasining innovatsion ehtiyojlarini o‘rganilish darajasiga e’tibor qaratildi.

«Eng yaxshi innovator qiz» yo‘nalishi transport tarmoqlarida o‘z texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarini joriy etish maqsadida bo‘lgan iqtidorli talaba qizlar uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tadi.

Tanlov g‘oliblari universitet sertifikati va planshet bilan taqdirlandi.

 

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA