Raqamli texnologiyalar rivoji bugun yurtni taraqqiyotga yetkazib, jamiyatda farovonlikni ta’minlaydi. Shu bois mamlakatimizda ayni yo‘nalishida eng yaxshi startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Jumladan, 2023-yildan boshlab “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” – President Tech Award tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.
Unda Sun’iy intellekt, Ijtimoiy raqamli texnologiyalar,
Kiberxavfsizlik,
Micro-Saas va AdTech texnologik yechimlar,
Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar,
Kompyuter va mobil o‘yin dasturlari hamda
maxsus yo‘nalish – Xakaton bo‘yicha samarali loyihalar tanlab olinadi.
Davlatimiz rahbariga President Tech Award tanlovining bu yilgi 1-o‘rin g‘oliblari o‘zlarining startap loyihalari, ularning samarasi xususida ma’lumotlar taqdim etdi.
O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov yoshlarning startap loyihalarining ahamiyati, ayni yo‘nalishdagi vazifalar xususida o‘z fikrlarini bildirdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/n7EeEpeDIMs" title="Startap g‘oyalari nimasi bilan ahamiyatli? – vazir fikr bildiradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘zA muxbiri Abdulaziz RUSTAMOV yozib oldi