Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Startap ekotizimini rivojlantirish – davr talabi
10:16 / 2026-02-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, quyidagilar 2030-yilga qadar startap ekotizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi: 

a) startap loyihalar sonini 5 mingtaga hamda jalb qilingan venchur investitsiyalar hajmini 2 milliard AQSH dollariga yetkazish; 

b) 500 ta startap loyihani qiymati 1 million AQSH dollaridan yuqori, 100 ta startap loyihani qiymati 10 million AQSH dollaridan yuqori hamda 25 ta startap loyihani qiymati 100 million AQSH dollaridan yuqori bo‘lgan kompaniyalarga aylantirish; 

v) startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish; 

g) yoshlarning 2 mingta startap g‘oyalarini tijoratlashtirish, kamida 400 ta startap loyihasini xalqaro bozorlarga olib chiqish. 

O‘zbekistonda startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga qamrab oluvchi to‘rt bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi. 

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 9-11-sinf o‘quvchilari uchun har oyda kamida ikki marotaba startap g‘oyalarni yaratishga o‘rgatuvchi "Mohirlik va biznes soati" tadbirlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda: 

a) o‘quvchilar o‘rtasida "Eng yaxshi startap g‘oyasi" tanlovi o‘tkaziladi, tuman darajasidagi g‘oliblarga 5 million so‘mgacha, viloyat darajasida - 10 million so‘mgacha miqdorda mukofot beriladi, ularning loyihalariga Yoshlar ishlari agentligi va IT-park hamrolik qiladi; 

b) loyihalar har chorakda o‘quvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi; 

v) marketpleyslar bilan hamkorlik o‘rnatib, ta’lim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yo‘lga qo‘yiladi. 

2026-yil 1-apreldan boshlab muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilishning quyidagi tizimi joriy etiladi: 

a) davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar o‘z sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar bo‘yicha: 

kraudsorsing elektron platformasida e’lon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi; 

har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar ("Startap kuni") o‘tkazadi; 

b) masalalar yechimi yuzasidan samarali deb topilgan takliflar bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun xarid jarayonlari kraudsorsing elektron platformasida o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zA