Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Starlink” va “Microsoft” internet xizmatlarini kengaytirmoqchi
16:28 / 2026-02-25

Ushbu ikki yirik texnologik kompaniya infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan hududlarda internet xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda “CNBC” nashri.

Ta’kidlanishicha, qo‘shma loyiha doirasida “Starlink”ning sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i “Microsoft”ning bulutli platformalari bilan integratsiya qilinadi. Bu esa olis va aloqa imkoniyatlari cheklangan mintaqalarda ham barqaror internet xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi

Ekspertlar fikricha, sun’iy yo‘ldosh interneti va bulut texnologiyalarining uyg‘unlashuvi raqamli transformatsiya jarayonlarini tezlashtiradi hamda strategik ahamiyatga ega sohalarda samaradorlikni oshiradi.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA