Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Starlink” terminalini qora bozordan topish mumkinmi?
15:03 / 2024-03-26

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning “SpaceX” kompaniyasiga qarashli “Starlink” internet-terminalini qonuniy sotilishi yoki faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan davlatlarda noqonuniy sotib olish mumkin, deb xabar tarqatdi “Blumberg” agentligi tegishli manbalarga tayanib.

– Surishtiruv jarayonida “Starlink” majmualarini noqonuniy faollashtirish va sotish bilan bog‘liq masallar yuzaga chiqdi, – deyilgan axborotda. –  “Starlink”ni kontrabanda yo‘li bilan olib kirish va qora bozordan oson topish mumkinligi tizimdan yomon niyatda foydalanish orqali global muammo keltirib chiqarish ehtimolidan darak beradi.

O‘zini oshkor etmagan g‘arblik diplomatlar nashrga xabar berishicha, “Starlink” terminallarini, masalan, Sudanda sotib olish mumkin. Mamlakatda mazkur tizimdan hukumat armiyasiga qarama-qarshi turgan Tezkor kuchlar qo‘shini foydalanmoqda. Sudanlik chayqovchilar terminalni Dubayda ro‘yxatdan o‘tkazadi, so‘ng samolyotda Ugandaga olib keladi, keyin quruqlik orqali Sudan shimoliga yetkazishadi. Mahalliy savdogarlardan biri aytishicha, odamlar internetga ulanish uchun soatiga ikki-uch dollar to‘laydi. Demak, bu juda yaxshi biznes.

Terminallar AQSH sanksiyasi amalda bo‘lgan Venesuelada ham sotiladi, garchi bu davlatda “Starlink” ishlamasa ham, deb yozgan nashr.

JAR hukumati Mask taklif etgan internetni hozircha maqullamagan, biroq “tadbirkorlar” qo‘shni Mazambikda faollashtirilgan majmualarni ijtimoiy tarmoq orqali sotishni o‘zlashtirib olgan. Hatto, “SpaceX” tomonidan bloklangan taqdirda ham, savdogar noqonuniy faollashtirilgan terminalni uchinchi mamlakatda qayta ro‘yxatdan o‘tkazib, yana faollashtirib olyapti. AQSH hukumatida ishlagan sobiq amaldor ta’kidlashicha, Prezident Jo Bayden ma’muriyati endi Mask terminallari “dushman qo‘liga tushib qolmasligi” uchun eksport nazoratini kuchaytirishi mumkin.