Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Standartga nomuvofiq jo‘mrak aniqlandi
12:32 / 2025-09-08

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi "TMT" MCHJ do‘konidan nazorat xaridi orqali Xitoyda ishlab chiqarilgan "TITAN" brendi ostidagi oshxona uchun jo‘mrak olindi. Akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi tahlillari mahsulotning belgilangan standart talablariga javob bermasligini ko‘rsatdi.

Bunday jo‘mraklardan foydalanish hayot va sog‘liqqa xavf tug‘dirishi, mol-mulkka zarar yetkazishi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, nomuvofiq mahsulotlarni sotgan "TMT" MCHJga nisbatan choralar ko‘rilmoqda va mahsulotni savdo nuqtalaridan chiqarish yuzasidan tegishli idoralarga murojaat yuborildi. Masala qat’iy nazoratga olingan.

Hamroz Bayanov,

O‘zA