Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Standartga mos kelmagan radiatorning importiga ruxsat berilmadi
16:02 / 2025-09-29

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Toshkentdagi O‘rikzor bozorida Xitoyda ishlab chiqarilgan “Nawas” radiatorini nazorat xaridi orqali tekshirdi.

Sinov natijalariga ko‘ra, radiator amaldagi standartlarga mos kelmasligi aniqlandi. Xususan, alyuminiy radiatorning suv bilan bevosita aloqada bo‘ladigan devori me’yor bo‘yicha kamida 1,5 mm bo‘lishi lozim bo‘lsa-da, mahsulotda bu ko‘rsatkich 1,42 mm ekani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, isitish asboblari ishlab chiqaruvchisi belgilagan maksimal ishchi bosimdan 2,5 barobar yuqori bosimda o‘tkazilgan statik mustahkamlik sinovida ham “Nawas” radiatori talabni bajara olmadi. Me’yor bo‘yicha 4,5 MPa bosimga chidashi kerak bo‘lgan qurilma 4,0 MPa bosimda yorilib ketdi.

Mazkur kamchiliklar tufayli ushbu mahsulotning O‘zbekiston hududiga olib kirilishiga ruxsat berilmadi.

Hamroz Bayanov,

O‘zA