Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stajyor-o‘qituvchilardan belgilangan muddatda kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi
10:51 / 2023-08-12

Prezidentimizning tegishli farmoniga asosan 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.  

Stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.

“O‘qituvchi-stajor” bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan o‘qituvchi-stajorlarning bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi.

Shu munosabat bilan, vazirlikning 2023 yil 9 avgustdagi tegishli xati bilan o‘qituvchi-stajorlarni ishga qabul qilish jarayonini mazkur ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2023 yil 1 noyabrga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda 2024 yil 1yanvardan boshlab tizimni amaliyotga joriy etish topshirilgan.

 

O‘zA